Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islom Karimov Fondi o‘tkazgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi

Islom Karimov Fondi o‘tkazgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi

Foto: «Fondkarimov.uz»

Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning respublikamiz yangi tarixi xususidagi hamda mamlakatimiz davlat mustaqilligini qaror toptirish, xalqaro barqarorlikni ta’minlash va Vatanimizning tarixiy-madaniy merosini qayta tiklashda Islom Karimovning tarixiy xizmatlari borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur insholar tanlovi 22-yanvardan 22-fevralga qadar o‘tkazilib, unda respublikamizning 74 ta oliy o‘quv yurtidan 485 nafar talaba ishtirok etdi.

G‘oliblarga sovg‘alarni Fond Vasiylik Kengashi a’zosi, Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova hamda Fond boshqaruvi raisi Botir Ubaydullayev topshirdi. 

I o‘rinni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining V bosqich talabasi Akromov Otabek qo‘lga kiritdi. U 7 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan «Apple MacBook Air 13 8/256 GB» noutbuki sovrindori bo‘ldi.

Foto: «Fondkarimov.uz»

II o‘rinni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining V bosqich talabasi Shorustamova Malika egallab, 6 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan «Apple iRad Pro 10.5 4G 256 GB» plansheti sohibi bo‘ldi.

III o‘rin Toshkent davlat yuridik universitetining IV bosqich talabasi Toshkanov Nurbekka nasib etdi. U 5 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan «iPhone 8 64 GB» smartfoni egasiga aylandi.

Foto: «Fondkarimov.uz»

Ijodiy ishlari yuqori ball to‘plagan 7 nafar ishtirokchiga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar, ya’ni Fond logotipi tushirilgan «Kindle» bukriderlari taqdim etildi.

Shuningdek, tanlovning yana 10 nafar ishtirokchisi eng kam ish haqining 5 barobar miqdoriga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring