Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda ilk bor: yosh xokkeychilarga Prezident sovg‘alari topshirildi

Tarixda ilk bor: yosh xokkeychilarga Prezident sovg‘alari topshirildi

Foto: «Uzreport.uz»

Konki, klyushka, shlem va boshqa anjomlarlardan iborat Prezident sovg‘asi «Binokor» xokkey klubining yosh havaskor xokkeychilariga topshirildi. Bu haqda «Uzreport» AA xabar berdi.

2017-yil mamlakat qishki sport turlari tarixida rivojlanishning boshlanish davri sifatida yodda qoladigan bo‘ldi. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «NUMO» sport arenasi qurilib, qishki sport turlariga oid 4 yangi federatsiya tashkil etildi.

— Aytish kerakki, yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda xokkey bo‘yicha musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. 2020-yilda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida mamlakat chempionatlari, 2022-yildan boshlab esa yoshlar o‘rtasida musobaqalar tashkil etiladi. Shuningdek, federatsiya xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda, — deydi O‘zbekiston xokkey federatsiyasi bosh kotibi Shukrilla Karimov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring