Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ta’sirli videorolik: «Qonun doim biz bilan!» (video)

Ta’sirli videorolik: «Qonun doim biz bilan!» (video)

Kadr: «Youtube»

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan ijtimoiy videorolik katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Qonun ustuvorligini aks ettiruvchi mazkur rolik Yosh kinoijodkorlar kengashi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan ishlangan. Ushbu ijodiy ish ko‘plab milliy hamda xorijiy ommabop saytlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng va tez tarqaldi. E’tiborlisi, rolikni global tarmoqda tomosha qilish, unga fikr bildirish jarayoni davom etmoqda.

O‘zAning yozishicha, rolikni 3 kun ichida internet orqali yarim million foydalanuvchi tomosha qilgan. Shuningdek, videorolik yurtimiz telekanallarida ham namoyish etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring