Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUda 104 nafar talaba magistr unvoniga ega bo‘ldi (foto)

TATUda 104 nafar talaba magistr unvoniga ega bo‘ldi (foto)

Foto: «Tuit.uz»

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bugun, 20-iyun kuni magistrlarga diplom topshirish marosimi  bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda sohaning yetakchi korxona va tashkilotlari rahbarlari taklif etildilar.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.Axmedxadjayev tantanada so‘zga chiqib, magistrlarni tabrikladi. 

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga asosan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  1999-2000-o‘quv yilidan boshlab magistratura bo‘limi ochilgan. O‘tgan yillar davomida universitetda 2389dan ortiq malakali kadrlar tayyorlanib, magistr darajasiga ega bo‘ldilar.

— Bu yilgi bitiruvchilarning magistrlik dissertatsiyalarini yuqori darajada tayyorlanganligi Davlat attestatsiyasi Komissiyasi tomonidan alohida e’tirof etildi, — deydi universitet rektori T.Teshaboyev — Ayniqsa, 40ga yaqin magistrlik dissertatsiyalarining chet tillarida himoya qilinganligi e’tiborga sazovordir.

2018-yilda universitetda 10 ta mutaxassislik bo‘yicha 104 nafar magistrlar dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, magistr unvoniga ega bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring