Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana tayinlovlar, Karimov va shayx haqida yangi xotiralar, vafot etgan Shri Devi, «Chelsi»ni yutgan «MYu», «Galaxy S9», magnit bo‘roni, Vyacheslav Golishev va boshqa xabarlar

Yana tayinlovlar, Karimov va shayx haqida yangi xotiralar, vafot etgan Shri Devi, «Chelsi»ni yutgan «MYu», «Galaxy S9», magnit bo‘roni, Vyacheslav Golishev va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 25-fevral kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amirini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt davlati amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Sabohni Mustaqillik kuni munosabati bilan qutladi.

Jamiyat

Sobiq davlat maslahatchisi Islom Karimov bilan bog‘liq tarixiy voqealarni yodga oldi

Jo‘rayev bunga 1995-yili iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Ashxobod sammitini misol qilib keltirgan.

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Shu paytgacha ushbu lavozimda Sultonov Jamshid Hosilovich ishlab kelayotgan edi.

Faroxiddin Ibragimov Tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Aziz Nagayev lavozimini tark etdi.

Bosh prokuratura tizimida yangi tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tizimidagi departamentga boshliq tayinlandi.

Urgutlik «Ahmadboy» fuqaroni 580 ming dollarga chuv tushirdi

Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga, firibgarlarning nayrangiga uchmaslikka tez-tez da’vat qilib kelsa-da, katta miqdordagi pullarini tovlamachilarga o‘z qo‘llari bilan topshirayotgan fuqarolar hamon topilmoqda.

Sergelida 4 xonadonga suv toshib ketdi

Avariyani bartaraf etish uchun Toshkent shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazi va boshqa kommunal xizmatlarning kuch va vositalari jalb qilindi.

«O‘zbektelekom» kompaniyasiga yangi bosh direktor tayinlandi

Yangi direktorni kompaniya umumiy majlisida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev tanishtirgan.

Seysmologlar shoshilinch xabar qiladi: 26 fevral kuni Yer yuzini kuchli magnit bo‘roni qoplaydi

AQShning okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA)  mutaxassislari quyosh energiyasining kuchli chaqnashi yaqinlashayotganidan tezkor ogohlantirishdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hijratda yurganida onasining ta’ziyasiga qanday kelib ketgan edi?

Muhammadjon Obidov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning O‘zbekistonga onalari qabrini ziyorat etish uchun bir haftaga kelishi bilan bog‘liq xotiralarni yodga oldi.

Sog‘liqni saqlash

Hindistonda dunyodagi eng katta miya o‘simtasi operatsiya qilindi

Jarrohlik amaliyoti olti soat davom etgan. Neyroxirurg Trimurti Nadkarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu miya shishi dunyodagi eng yirigi bo‘lib, deyarli bemorning boshi o‘lchamiga tenglashib qolgan edi.

Madaniyat

Shri Devi vafot etdi

Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va mamlakat bosh vaziri Narendra Modi aktrisaning yaqinlariga hamdardlik bildirishgan.

O‘shlik o‘zbek Islom sivilizatsiyasi markaziga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilishini taklif etmoqda

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining auditoriyasi O‘zbekiston chegarasidan tashqariga ham chiqib ulgurganini bizga kelayotgan xabar va maktublardan bilib olish mumkin. Xususan, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahridan quyidagi taklif bitilgan xatni oldik.

Iqtisodiyot

Vyacheslav Golishev qayerda?

Shu yilning fevrali boshida O‘zbekiston Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi xizmati butunlay tugatilib, sho‘’ba shaklida Prezidentning Ijro etuvchi apparati tarkibiga qo‘shilgan edi. Ammo bu haqda hech qayerda ma’lumot tarqatilmadi.

Texnologiya

Yangi «Samsung Galaxy S9» smartfonining ko‘rinishi va imkoniyatlari qanday bo‘ladi? Sir tutilgan video

«Samsung» ikki yangi — «Galaxy S9» va «S9+» smartfonlari haqidagi rolik u taqdim etilmasidan avval global tarmoqda tarqalib ketdi.

Sport

Messi bir o‘yinda ikki rekordni yangiladi

Ushbu o‘yinda (6-1) ikki gol va bir golli pasga mualliflik qilgan Lionel Messi birdaniga ikki rekord o‘rnatdi.

Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksiga faqat jahon chempionati uchun vaqtinchalik modda qo‘shildi

Ushbu vaqtinchalik moddaning amal qilishi Jahon chempionati yakuniga yetishi bilan tugatiladi.

Rossiya xokkey termasi o‘z tarixida birinchi bor Olimpiada chempioni bo‘ldi

Shu tariqa kumush medallarga Germaniya terma jamoasi, bronzaga esa chexlar ustidan g‘alaba qozongan kanadalik hokkeychilar sazovor bo‘ldi.

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Chelsi»dan ustun keldi

«Manchester Yunayted» - «Chelsi» - 2:1
Foto: Twitter / Premier Leaugue

Uchrashuvda birinchi bo‘lib London klubi gol urdi. Villian Azarning zargarona uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay Lukaku hisobni tenglashtirdi.

Dunyo

Siyosatshunos: «Qozog‘iston migratsiya masalalarida Amerika tajribasini o‘rganishi kerak»

«Davlatga rasman belgilangan summani (masalan, 100 AQSh dollari) to‘lab, yana 30-60 kun davlatimizda qolaverishsin», — deya taklif qiladi u.

Turk harbiylari bir sutka davomida 58 nafar terrorchini yo‘q qildi

«Qurolli kuchlar Afrinda davom etayotgan «Zaytun novdasi» operatsiyasida «Xalq mudofaa kuchlari», Kurdiston ishchi partiyasi, «Demokratik ittifoq» partiyasi hamda IShID ekstremistik tashkiloti safidagi 1931 nafar jangarini yo‘q qilishga erishdi.

Dzyudochilarimiz «Katta dubulg‘a»dagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Musobaqaning birinchi kungi bahslarida vakillarimiz Diyorbek O‘rozboyev va Doston Holiqulov imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

AQSh va KXDR rahbarlarining qiyofadoshlari Olimpiadada uchrashishdi (video)

AQSh prezidenti Donald Tramp hamda KXDR yetakchisi Kim Chen Inni Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida barpo etilgan «Olimpiada shaharchasi»da ko‘rish mumkin. Albatta, o‘zlarinimas, ularga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshlarini!

Infografika

O‘zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchi mamlakatlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda ekanini bilasizmi? (infografika)

«Moviy energiya»ning insoniyat taraqqiyoti-yu turmushi farovonligida tutgan o‘rnini ta’riflash ortiqcha. Unga oshib borayotgan talab sur’atda saqlanib tursa jami tabiiy gaz zaxiralari yana 65 yilga yetishi mumkinligini OPEC statistikasi ko‘rsatmoqda. 

Tavsiya qilamiz

Ishlarimiz «jahon standarti»ga to‘g‘ri keladimi?

Biz umumiy olganda «rivojlanayotgan davlatlar» ro‘yxatining oxirrog‘ida yuramiz.

Internetda o‘tirib pul topish sarob desangiz, adashasiz

Qanday qilib biznes ochish, pul topish mumkin — internet shunga o‘xshash ko‘plab foydali resurslarga to‘lib-toshib yotibdi. Bir so‘z bilan aytganda, internet pul topishning bepoyon imkoniyatlari manbai.

Hayotning yorqin tarafida bo‘l! Nufuzli kompaniyaning xizmati shioriga mosmi?

Tashvishlanarlisi, kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar tomonidan bildirilayotgan haqli e’tirozlar, turli idoralar tomonidan berilayotgan ko‘rsatmalarga panja ortidan qarashda davom etmoqda.

Pxenchxandagi «Olimpiada go‘zallari»

Faqat chiroyli moda vakillari sahnada barchaning diqqat-e’tiborini tortadi deb o‘ylaysizmi? Shoshilmang. Latofatli sportchi qizlar ham go‘zallik borasida har qanday modelni ortda qoldirishi mumkin. Biz sizga «Pxenchxan-2018» musobaqalarida e’tiborga tushgan go‘zallar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Chingizxon haqida biz bilmagan faktlar

Buyuk lashkarboshi Temuchinning ham hamma qatori sirlari bor edi. Ularning ba’zilari oddiy, boshqasi juda mudhish...

«Sizdan ugina — bizdan bugina»lar davri o‘tdi...mi?

«To‘rt o‘g‘limni institutga joyladim, to‘rtalasi ham oliy ma’lumotli mutaxassis», — deya maqtanadi bir otaxon. «O‘sha farzandlaringiz qayerda ishlayapti?», — desam, hech ikkilanmay: «To‘rtovi ham Rossiyaga ishga ketgan. Ikkitasi dachada nazoratchi, ikkitasi dom quradi. Anchagina «ko‘ki»dan yuborib turadi, qurgan koshonalarini ko‘rsangiz, og‘zingiz lang ochilib qoladi», — deb qaddini keradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring