Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Technovation Uzbekistan 2019» tanlovi boshlandi

Toshkentda «Technovation Uzbekistan 2019» tanlovi boshlandi

Foto: Inha universiteti

Toshkent shahridagi Inha universitetida «Technovation Uzbekistan 2019» tanlovi start oldi. Bu har yili dunyo xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro texnologik tanlovdir.

Uch yildan buyon Toshkent shahridagi Inha universiteti xotin-qizlar uchun eng yirik xalqaro texnologik tanlovni qo‘llab-quvvatlamoqda. Tadbir doirasida «ideathon» ma’ruzachilari turli ijtimoiy, shu jumladan ham ekologik loyihalarni ko‘rib chiqdi, deb xabar qilmoqda universitet axborot xizmati.

Tanlovning maqsadi - qizlarda tadbirkorlik, «STEM», «AT»ga ko‘nikma va qiziqishni oshirish, zamonaviy texnologiyalar yordamida ijtimoiy muhim masalalarni hal qilishni o‘rgatishdir.  

Tanlov shartiga ko‘ra, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoalarga birlashib, o‘rganish oson bo‘lgan (App Inventor) dasturlash tilida o‘zining Android-ilovasini yaratishi lozim. Yaratilgan ilova biron-bir mahalliy ijtimoiy masalani hal etishi hamda BMTning barqaror rivojlanish sohasidagi Maqsadlarga asoslanishi kerak.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Ilg‘or texnologiyalar markazi, Oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Joriy yilning may oyida «Technovation Uzbekistan» tanlovining finali bo‘lib o‘tadi. Eng yaxshi loyihalarga sovrinlar hamda AQShning Kaliforniya shtatiga borish imkoniyati beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring