Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev va Tramp: telefon orqali ma’lum qilingan maqsadlar amaliy muhokama etildi

Mirziyoyev va Tramp: telefon orqali ma’lum qilingan maqsadlar amaliy muhokama etildi

Foto: «President.uz»

Kecha, 17-yanvar kuni Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Trampning 2017yil 19dekabrdagi telefon orqali batafsil muloqoti davomida ma’lum qilingan maqsadlarni amaliy joriy etish doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-AQSh muloqotini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibning boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring