Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Telegram» asoschisi o‘zining kriptovalyutasini chiqaradi

«Telegram» asoschisi o‘zining kriptovalyutasini chiqaradi

«Telegram»ning o‘zini kriptovalyutasi bo‘ladi.

Foto: «Searchengines.guru»

Tarmoqlarda «Telegram» messenjeri asosida yaratilgan blokcheyn-platformaning anonsi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Messenjerning har bir egasi kriptovalyuta hamyoniga ega bo‘ladi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Videorolikda «Telegram» foydalanuvchilari o‘rtasida pullarni (kriptovalyuta ko‘rinishida) bir lahzada o‘tkazish imkonini beruvchi TON (Telegram Open Network) loyihasining anonsi tasvirlangan.

Rolikda so‘zlanishicha, TON blokcheyni tez tarqaladi va unga smart-shartnoma yaratish orqali oson ega bo‘lish mumkin. Barcha tranzaksiyalar deyarli bir lahzada va mutlaq anonim holatda amalga oshiriladi. Yangi kriptovalyuta to‘g‘ri messenjerga «o‘rnatiladi».

Ushbu ma’lumot rasmiy manbalar orqali tarqatilmagani sabab unga hali to‘liq ishonch hosil qilib bo‘lmaydi. Biroq keyingi yildan bu mish-mishlar o‘z-o‘zidan oydinlashadi.

Pavel Durov «Bloomberg»ga bergan intervyusida 2018-yilda «juda muhim» narsani taqdim etishini ma’lum qildi, shuningdek, u nihoyat o‘z messenjerini monetizatsiya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring