Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tello» — bolalar uchun mo‘ljallangan 99 dollarlik dron

«Tello» — bolalar uchun mo‘ljallangan 99 dollarlik dron

Foto: «ITC.ua»

Xitoyning «Ryze Tech» startapi «Intel» hamda «DJI» kompaniyalarining texnologiyalari qo‘llanilgan «Tello» nomi ostidagi dronni ishlab chiqardi, deb xabar berdi «ITC.ua».

«Tello» dronining og‘irligi atiga 80 gramni tashkil etadi. Shu bilan birga undagi kamera 360 darajaga aylanib, tasvirni planshet yoki virtual reakllikni ta’minlovchi qurilmaga uzata oladi. Shuningdek, u suratlarni 5 megapiksell tiniqlikka olishga ham qodir. 

Startap yaratuvchilari ushbu qurilmaning xavfsizligini ta’minlaydigan, jumladan, uchish va qo‘nishni avtomatik amalga oshirishda yordam beradigan funksiyalar bilan jihozladi. Mazkur funksiyalar «Intel» kompaniyasining chiplari va «DJI» kompaniyasining barqarorlashtiruvchi tizimi sharofatiga paydo bo‘ldi. Qurilma shu orqali hatto odamning ochiq turgan kaftiga ham qo‘nishga amalga oshira oladi. Bu esa drondan foydalanayotgan bolalarga o‘z diqqatini jamlashda yordam beradi. Qurilma havoda 13 daqiqa ucha oladi.

«CES 2018» ko‘rgazmasidan taqdim etilgan «Tello» droni mart oyi 99 dollardan savdoga chiqishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring