Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Terrorchilar ideologi Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi (video)

Terrorchilar ideologi Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi (video)

Foto: «Uznews.uz»

DXX xodimlari tomonidan Terrorchilar tashkiloti ideologi ekanligi aniqlagan navoiylik Hamidullo Mamanazarov Turkiyadan O‘zbekistonga majburan jo‘natildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanaliga tayanib, «UzNews» xabar berdi.

1982-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek bo‘lgan Mamanazarov Hamidullo Husanovich Terrorchilar tashkilotida g‘oyaviy targ‘ibotchisi sifatida faoliyat olib borgani aniqlangan.

Ushbu shaxs terrorchilar orasida Hamidulloh domla laqabi bilan tanilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi tashkilot a’zolari va a’zolikka qabul qilinayotganlarga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish va ularning ongini «zaharlash» bo‘lgan.

Uzoq vaqt davomida u «Ehson-ilm» noqonuniy tashkiloti a’zosi va keyinchalik uning rahbari bo‘lgani aytilmoqda. Bu tashkilot 2009-yilda tashkil qilingan bo‘lib, uning asoschisi Abdullo Buxoriy nomi bilan tanilgan Andijon viloyatidan bo‘lgan Mirzag‘olib Hamidov bo‘lgan.

Ushbu tashkilot «Turkiston islom harakati» tashabbusi bilan tashkil qilingan bo‘lib, MDH davlatlaridan yosh yigit va qizlarni internet orqali terrorchilar tarkibiga qo‘shish va ularni Suriyada jangarilar safiga yuborish kabi ishlar bilan faol shug‘ullanib kelingani ta’kidlanmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring