Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test sinovlarining to‘rtinchi kuni 1369 abituriyent imtihonlarga kelmagan

Test sinovlarining to‘rtinchi kuni 1369 abituriyent imtihonlarga kelmagan

Foto:«Abt.uz»

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining to‘rtinchi kuni – 4-avgust kuni test sinovlariga 1 369 nafar abituriyent kelmadi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi. 

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 80 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 56 966 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 369 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 73 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 419 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 175,8 ball, Farg‘ona politexnika institutining «Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishida;

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 147,6 ball, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining «Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili» ta’lim yo‘nalishida qayd etilgan.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti – 97,9 ball;

to‘lov-kontrakt – 80,5 ball bo‘ldi.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining http://www.dtm.uz/page/test_result saytida 2018-yil 5- avgust kuni soat 19.15 da e’lon qilish boshlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring