Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tinib-tinchimas xitoyliklar uchar 3D-printerni yaratdi

Tinib-tinchimas xitoyliklar uchar 3D-printerni yaratdi

Uchar «Fly Elephant» 3D-printeri.

Foto: «Hi-News»

3D-printerlar kundalik hayotimizdan shu qadar tez kirib kelmoqdaki, ular borasidagi yangilik bilan ko‘pchilikni hayratga solishning imkoni qolmayapti. Shunga qaramay, Xitoyning «DediBot» kompaniyasi o‘ziga xos printerni — uchar «Fly Elephant» 3D-printerini taqdim etdi, deb xabar berdi «Hi-News».

«Fly Elephant»ning oltita rotori ostiga uch o‘lchamli bosmani amalga oshiruvchi «Open-ended Additive Manufacturing» (OAM) qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, u maxsus ekstruder yordamida har qanday materialdan uch o‘lchamli buyum yasay oladi. Bundan tashqari qurilmaning ishlab chiqarishdagi aniqligi 0,1 millimetrga teng.

Shu bilan birga, uchar 3D-printer boshqa qurilmalar bilan birgalikda ham ishlay oladi. U turli materiallardan bitta detalni yaratishi mumkin.

Dronning kamchiligi ham bor, albatta: akkumulyator batareyalarining ishlash muddati qisqa. Biroq «DediBot» kompaniyasi mazkur printerni simsiz quvvatlanish texnologiyasi bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Har qanday holatda ham taqdim etilgan model hozircha prototip bo‘lib, xitoyliklar uni takomillashtirishni davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring