Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikiston O‘zbekistonga tok yetkazib berishni 4 baravar oshirdi

Tojikiston O‘zbekistonga tok yetkazib berishni 4 baravar oshirdi

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini deyarli to‘rt barobarga oshirdi. Bu haqda Tojikistonning «Asia Plus» AA xabar berdi.

O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilish hajmining o‘sishi joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlangan. O‘zbekiston har oy Tojikistondan 110 mln. kVt-soat elektr energiyasi sotib olgan. Iyul oyida esa 417 mln. kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston yoz mavsumida tojik elektr energiyasining har bir kilovattini 2 sentdan, qishda esa 2,5 sentdan xarid qiladi. Bungacha Tojikiston faqat Afg‘onistonga va qisman Qirg‘izistonga eksport qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring