Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonda xorijga pul o‘tkazishdagi cheklovlar kamaytirildi

Tojikistonda xorijga pul o‘tkazishdagi cheklovlar kamaytirildi

Foto: «Avesta.Tj»

«Tojikiston milliy banki xorijga pul o‘tkazish borasida avval joriy qilingan cheklovlarni kamaytirdi», — deb xabar bermoqda «Tnews.uz». Endilikda Tojikiston fuqarolari xorijga bir kunda 10 ming AQSh dollarigacha jo‘natishlari mumkin. Avvallari pul o‘tkazmalari 3 ming dollargacha edi.

Dushanbedagi «Esxat» banki vakili Anvar Sattorovning 5 aprel kuni aytishicha, 204-yo‘riqnomaga o‘zgartish kiritilganidan so‘ng mana shu imkoniyatlar paydo bo‘lgan. «Avvallari fuqarolar bir kunda xorijga 27 ming somoniy yuborishlari mumkin edi. Endilikda 87,5 ming somoniygacha yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi», — deydi Anvar Sattorov.

Anvar Sattorovning so‘zlariga qaraganda, fuqarolar pulni somoniyda o‘tkazishlari mumkin, bank esa somoniyni konvertatsiya qiladi va qabul qiluvchilar pulni kerakli valyutada oladi. 10 ming dollardan ko‘p bo‘lgan pulni o‘tkazish uchun bank hisobi ochilishi kerak, boshqa xolatlarda buning zaruriyati yo‘q.

Tojikiston milliy bankining o‘z nomini oshkor qilishni istamagan vakilining xabar qilishicha, xorijga bank o‘tkazmalarining cheklovi o‘tgan yili bank tizimida muammo paydo bo‘lganidan so‘ng joriy qilingan edi. «Mamlakatimizdagi ikkita yirik bank inqirozga uchradi va shu tariqa biz chet elga pul chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildik», — deydi bankdagi manba.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring