Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TOP-5. O‘tgan yilning eng xavfli viruslari

TOP-5. O‘tgan yilning eng xavfli viruslari

Foto: «Navkolo»

Kiberjinoyatchilar o‘tgan yili 6,2 milliarddan ziyod hujum uyushtirishga urinib ko‘rishdi. Ularning ayrimlarini, afsuski, bartaraf etib bo‘lmadi. Global Threat Intelligence 2017-yilning eng xavfli va asoratli kiberhujumlari «TOP-5»ligini tuzdi.

1.Petya

Virus borligi mart oyida aniqlandi. U foydalanuvchining fayllarini bevosita shifrlamasdi, balki fayllarning diskdagi joylashuvi, hajmi va nomi haqidagi axborotni saqlashda NTFS disklar ishlatuvchi bosh fayl jadvalini shifrlardi. «Petya» amaliy tizim yuklovchisini o‘z zararli kodiga almashtirib qo‘yardi. Shu tariqa zararlangan kompyuter yuklana olmasdi. «Petya» ma’mur huquqini qo‘lga kiritish uchun ham bor imkoniyatini ishga solardi.

2.NotPetya

NotPetya «soliq amaliy tizimi» yangilanmasi sifatida kompyuterlarga joylashib oldi. U «Petya»ning yangicha ko‘rinishi edi. Farqi, u endi WannaCry ishlatgan zararli koddan foydalanardi. Uning hujumlari mamlakatlar infratuzilmasini ishdan chiqarishga qaratilgandi: banklar, supermarketlar, aeroportlar nishonga olindi. Umumiy hisobda qariyb 150 mamlakatdagi kompyuterlarga zarar yetkazilgan.

3.WannaCry

Spam-xabarlar orqali tarqaluvchi virus. «Zararli xat» ishga taklif, to‘lov qog‘ozlari va zip-arxivlar niqobi ostida yashirin bo‘lardi. Bu xat ochilgach kompyuterni zararlar va jabrlanuvchidan tovon talab qilardi.

4. Locky

Locky — bu elektron pochta orqali fishing hujumi. Gerbalayf xatlari, Amazon hisoblari va hokazo ko‘rinishlardagi bu xatlar ichi zararli ilovalar bilan to‘lib-toshgandi. Xakerlar foydalanuvchilardan 1dan 40 bitkoingacha talab qilishardi. Kuniga 20 milliontagacha spam-xabarlar yo‘llangan.

5.Cerber

Cerber kompyuter foydalanuvchilarining parollari va kriptovalyutalarini o‘marish bilan shug‘ullangan. U kompyuter ma’lumotlarini shunchaki shifrlab qolmasdan, avtomatik zaxira nusxalarini ham o‘chirib yuborardi. U ham aksariyat tovlamachi dasturlarga o‘xshab jabrlanuvchilardan tovon pulini bitkoinlarda undirish payida bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring