Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda birinchi to‘qimachilik savdo platformasi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda birinchi to‘qimachilik savdo platformasi ishga tushiriladi

Foto: «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati

18 dekabr kuni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining majlislar zalida «O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati rivojlanish istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani va O‘zbekistonning birinchi to‘qimachilik elektron savdo platformasi - «Uzbtextile.com»ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, eksport salohiyatini oshirish, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimi, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati sohasida raqamli texnologiyalar, moda sanoatidagi tendensiyalar muhokama qilindi.

Anjumanda, shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari bilan savdo qilish imkonini beruvchi «Uzbtextile.com» platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Platforma yaratuvchilari O‘zbekiston to‘qimachilik tarmog‘ining yetakchi vakillariga yangi xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.

Ta’kidlanishicha, platformaga a’zo bo‘lgan mijozlar unga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishi mumkin, bu esa har ikki tomonga ham ortiqcha sarf-harajatlarning oldini olish imkonini beradi. Dastlabki bosqichda onlayn platforma bepul ishlaydi. Kelajakda ishlab chiqaruvchilarning xizmatdan foydalanganliklari uchun to‘lov tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Loyiha asoschilari quyidagilarni mazkur platformaning asosiy afzalliklari, deya ta’kidlashmoqda:

- Har qanday foydalanuvchiga tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilish imkonini beradigan qulay interfeys;

- Mahsulot yoki xizmat uchun tezkor qidiruv;

- Real vaqtda barcha operatsiyalarni amalga oshirish imkoni, bu esa javob olish tezligini oshiradi;

- Ushbu platforma boshqa ishtirokchilar bilan onlayn suhbat qilish imkonini beradi;

- O‘zbekiston to‘qimachilik bozoriga bevosita kirish;

- To‘qimachilik kompaniyasining profiliga kirishning soddaligi;

- Barcha etkazib beruvchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan eksport buyurtmalarini joylashtirish.

Bundan tashqari, onlayn-platforma foydalanuvchisi bir vaqtning o‘zida bir necha yetkazib beruvchilarga birdaniga savdo takliflarini yuborishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring