Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent-2025: transformatsiya» loyihasi taqdim qilindi

«Toshkent-2025: transformatsiya» loyihasi taqdim qilindi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligida «Toshkent-2025: transformatsiya» loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev, shahar hokimligi qoshidagi jamoatchilik kengashi raisi H.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Tadbirda 2018-yilning oktyabr oyida Toshkent shahar hokimligi qoshidagi jamoatchilik kengashi tomonidan «Toshkent-2025: transformatsiya» loyihasiga asos solingani qayd etildi.

Loyiha rejasiga ko‘ra, 2025-yilga borib Toshkent eng zamonaviy, investitsiya va turizm uchun jozibador, boy tarixiy va madaniy merosni o‘zida mujassam etgan, aholi uchun qulay yetakchi shaharga aylanishi ko‘zda tutilgan.

«Toshkent-2025: transformatsiya» loyihasi shaharni rivojlantirishning iqtisodiy strategiyasi, uy-joy kommunal xizmatlar, ijtimoiy soha va inklyuziv taraqqiyot, ekologiya kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Loyiha vazifalarini belgilashda olimlar, ekspertlar, moliya institutlari, urbanistikaga oid xalqaro tashkilotlar mutaxassislari fikrlariga, jahondagi yirik megapolislar tajribasiga tayanilishi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring