Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent aeroportida yangi terminal ochildi (foto)

Toshkent aeroportida yangi terminal ochildi (foto)

Foto: «Uznews»

Bugun, 15-iyun kuni Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida 1 soat ichida 1200 nafargacha bo‘lgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata oladigan yangi zalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Uznews».

Yangi terminal muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda «qizil» va «yashil» yo‘laklar, 4 ta yuk lentasi, pasportni nazorat qiluvchi 24 ta punkt, ikkita valyuta almashtirish punktlari, ikkita «Duty free» do‘koni va ikkita kafe-bar mavjud.

Ta’kidlash joiz, yangi terminalda pasport nazoratidan o‘tish vaqti 7-10 daqiqagacha qisqaradi (avval bu jarayonga 15-20 daqiqa ketardi).

«Yangi zalning ochilish kunida aviakompaniya xodimlari va OAV vakillari Seul–Toshkent yo‘nalishida uchib kelgan 243 nafar yo‘lovchilarni kutib olishdi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring