Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent arxitektura-qurilish instituti bo‘linmalari ko‘chiriladi

Toshkent arxitektura-qurilish instituti bo‘linmalari ko‘chiriladi

Foto: «Norma»

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4 dahasi, 11-uyda joylashgan bino va inshootlar tutash hududi bilan birgalikda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan beriladi. Ilgari ushbu binolarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti bo‘linmalari joylashgan edi.

«Norma» nashrining xabariga ko‘ra, buning o‘rniga quyidagi bino va inshootlar Toshkent arxitektura-qurilish institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan beriladi:

— Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9-uyda joylashgan Toshkent telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji tutash hududi bilan birgalikda;

— Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9a-uyda joylashgan «O‘zbeko‘quvavtomatika» MChJ tutash hududi bilan birgalikda.

«O‘zbeko‘quvavtomatika» MChJ esa Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Navnihol ko‘chasi, 7-uyda joylashgan Toshkent arxitektura-qurilish institutining bino va inshootlarida joylashadi.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining ushbu binolari yangi egalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, rekonstruksiya qilinadi.

Toshkent telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni to‘liq tugatgunga qadar Toshkent arxitektura-qurilish institutiga berilgan binolarda ta’lim olishda davom etadilar.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Suv xo‘jaligi vazirligiga qayta bo‘ysundirildi. Shu munosabat bilan ushbu idoraning tashkiliy tuzilmasi o‘zgartirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring