Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent islom universitetiga misrlik islomshunos olimlar jalb etiladi

Toshkent islom universitetiga misrlik islomshunos olimlar jalb etiladi

O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish, jahon andozalari asosida ta’lim olish, o‘qitishning yangicha usul va metodlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish yuzasidan xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent islom universiteti va Misr Arab Respublikasi o‘rtasida ta’lim sohasida qo‘yilgan hamkorlik aloqalari ham ayni shu jihatlarga qaratilgan muhim ma’rifiy qadam bo‘ldi.

 Hamkorlikdagi ilk qadamlar Misr Arab Respublikasi Qohira universitetining pedagogik markazida bo‘lib o‘tdi. Toshkent islom universitetining arab tili fani o‘qituvchilaridan Zuhra Oripova va Zulfiya Shokirova 2018 yil 28 yanvaridan 1-martiga qadar malaka oshirish kurslarida bo‘lib, Qohira universiteti professori doktora  Iymondan yangi pedagogik texnologiyalar asosida arab tilini o‘qitish usullarini, doktor Ahmad Morsiydan yangi pedagogik texnologiyalarni arab tilida qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar, doktor Bassom ash-Shammo‘dan Misr tarixi, uning madaniyati, «Longman» lug‘ati muallifi doktor Vajdiy Razzoqdan lug‘atlarning tuzilishi, ularning farqli jihatlari haqida ma’ruzalar tingladilar.

Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Hamkorlik va rivojlanish masalalari buyicha Misr agentligi bilan hamkorlikda muntazam ravishda malaka oshirish kurslari, o‘quv seminarlar, dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash lozimki, Al-Azhar universiteti rayosati bilan Toshkent islom universiteti hamkorligi doirasida Al-Azhar universitetining arab tili va islomshunoslik sohalari bo‘yicha hanafiy-moturidiy ta’limoti mutaxassis-o‘qituvchilari aprel oyidan boshlab talabalarimizga master-klasslar o‘tishadi.

Hamkorlikdan maqsad Toshkent islom universiteti talabalarining arab tiliga qiziqishini kuchaytirish va rag‘batlantirish bo‘lib, imtihondan o‘tgan talabalar Misr universitetlariga qisqa kurslarga jo‘natiladi. Qolaversa, A1, A2, V1, V2, S1, S2 darajalarga talabalarni tayyorlash uchun yangi o‘quv dasturi ishlab chiqiladi va talabalar qabuli bo‘yicha yangi tizim yaratish imkoniyatlari o‘rganiladi.

TIU matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring