Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

Foto: «Kun.uz»

Ertaga, 25-dekabr kuni soat 9:00 da Toshkent kichik halqa yo‘lida «Vatanparvarlik» marafoniga start beriladi. Marafon munosabati bilan Toshkent kichik halqa yo‘lining ayrim qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 12 kilometr masofani tashkil etadigan marafon «Amilov» (Crafers) qandolat fabrikasidan boshlanadi. Finish chizig‘i Toshkent Janubiy vokzali oldida.

Mazkur marafon «Vatanparvarlik oyligi» doirasida Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilmoqda. Unda barcha yoshdagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblar Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan medallar, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Yuzaga keladigan noqulaylik uchun oldindan uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring