Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi

Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi

Foto: «Uznews.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Azizov Ulug‘bek O‘ktamovich Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Azizov Ulug‘bek O‘ktamovich 1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1998 yilda Toshkent moliya institutini, 2007 yilda Yokogama Milliy universiteti (Yaponiya)ni tamomlagan. iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring