Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent pedagogika universitetida bepul qayta tayyorlash kurslarini boshlandi

Toshkent pedagogika universitetida bepul qayta tayyorlash kurslarini boshlandi

Foto: abt.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 25 yanvardagi «Maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qo‘shma qaroriga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda barcha viloyatlarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 4 oylik qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi. Bu haqda universitet ma’muriyati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lgan fuqarolar qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinadi.

Defektologiya (logopediya)
Amaliy psixologiya
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi

Ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha qayta tayyorlash kurslari faoliyati joriy yilning 22 fevralidan boshlandi. Qayta tayyorlov kurslarida o‘qish bepul, bitiruvchilarga sertifikat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring