Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Propiskani qat’iylashtirish haqidagi qaror loyihasi muhokamalar portalidan o‘chirildi

Propiskani qat’iylashtirish haqidagi qaror loyihasi muhokamalar portalidan o‘chirildi

Foto:«UzNews.uz»

Kuni kecha huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev «Xalq uchun «mehribonlik». Yana o‘sha propiska balosi haqida» nomli maqolasida «Davlat boji stavkalarining 4-bandiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi xususida o‘z mulohazalarini bildirgan edi.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk 2 yoki undan ortiq shaxs tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, ularning har biri belgilangan stavkada davlat boji to‘lashi taklif qilingandi.

Huquqshunos o‘z «Telegram» kanalida yozishicha, mazkur loyiha  portaldan olib tashlangan. 

«Propiskani qiyinlashtirish haqidagi qaror loyihasi portaldan o‘chirib tashlanibdi. Kechagi qizg‘in muhokamalardan keyin, bir necha kishi yangi uy sotib olib, propiskaga kirmoqchi bo‘lganlarning HAR BIRI davlat bojini alohida to‘lashi haqidagi Adliya vazirligi e’lon qilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi portaldan o‘chirib tashlanibdi.

Qiziq, hukumatdagilar xalqni bunday qiynash mumkin emasligini tushunib yetishdimikin yoki mashhur o‘zbek filmidagi kabi «Ko‘rasizlar, hali biz qaytamiz, qo‘shin tortib qaytamiz» deyishmoqchimikin, bunisi menga qorong‘u.

Nima bo‘lganda ham Sizlarni ushbu kichik g‘alaba bilan tabriklayman. Qonunlari ustuvor davlatga aylanishda davom etaylik, ilohim» deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring