Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri hokimi shahar gerbini o‘zgartirishni taklif qildi

Toshkent shahri hokimi shahar gerbini o‘zgartirishni taklif qildi

Foto:«O‘zA»

Toshkent shahar hokimligida poytaxt infratuzulmasini o‘zgartish, yanada obod qilish, zamonaviy megapolis shaharga aylantirish yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt gerbini o‘zgartirishni taklif qildi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari, tuman hokimlari, mahalla faollari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda J.Ortiqxo‘jayev «gerb va boshqa ramziy belgilarini almashtirish bilan birga mazkur ramzlar shahar bo‘y-bastini, buguni va kelajagini anglatishi lozimligini» aytdi.

Shuningdek, mazkur ramzlarni xalq orasida ommalashtirish uchun targ‘ib qilish kerakligini, ezgu g‘oyalari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish lozimligini ta’kidladi.

Xozirda Toshkent ramzlari aynan qanday bo‘lishi haqida aniq takliflar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring