Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB poytaxtda avtomobillarning eng yuqori tezligini pasaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

Toshkent shahar IIBB poytaxtda avtomobillarning eng yuqori tezligini pasaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

Tezlik 10 km/soatga pasaytirilsa, haydovchida kutilmagan vaziyat paydo bo‘lganda o‘z vaqtida to‘xtash imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

Foto: «autostrada.uz»

Hozirda O‘zbekiston aholi punktlarida maksimal tezlik 70 km/soatni tashkil qiladi. Dunyoning yirik shaharlarida esa bu ko‘rsatkich 50-60 km/soatdan iborat.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Rustama Jo‘rayevning fikricha, hozirda dunyoda avtomobillarning maksimal tezligi 70 km/soat bo‘lgan shaharlar sanoqli qolgan. Bu haqda podrobno.uz xabar bermoqda.

«Xalqaro tajribani o‘rganganimizda shu ma’lum bo‘ldiki, Yevropaning 29 davlatida maksimal tezlik 50 km/soatni, Londonda 48 km/soatni, MDH davlatlari, xususan Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston va Ozarboyjonda 60 km/soatni tashkil qiladi.

Hozircha biz bu masalani o‘z vakolatimiz doirasida ko‘rib chiqyapmiz. Keyinchalik vazirlikka va ichki ishlar vaziriga taklif kiritmoqchimiz»- dedi R. Jo‘rayev.

Tezlik 10 km/soatga pasaytirilsa, haydovchida kutilmagan vaziyat paydo bo‘lganda o‘z vaqtida to‘xtash imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. Bu esa to‘qnashuvlar, eng muhimi piyodlarning hayoti xavf ostida qolishining oldi olinadi.

«Agar biz haydovchilarga avtomobil boshqarish madaniyatini singdirmasak, piyodalarga hurmat tuyg‘usini shakllantirmasak, hech qanday choralar foyda bermaydi. Bundan tashqari qoidabuzarlikka nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanishi shart», — deydi boshqarma boshlig‘i.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda mamlakatimiz bo‘ylab YHXX xodimlari tomonidan 3,7 million marta yo‘l harakati qoidalari buzilish holatlari qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring