Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanishini e’lon qildi

Toshkent shahar IIBB poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanishini e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan bir necha ko‘cha va yo‘llarda avtotransportlar harakati vaqtincha cheklangani haqida ma’lum qildi.

Jumladan, 24 iyundan boshlab, sovuq suv quvurlarining almashtirilishi tufayli (ta’mirlash ishlari taxminan bir oy davom etadi) Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Tolimarjon ko‘chasigacha bo‘lgan harakatlanish qismi (qarama-qarshi tomondan harakatlanish yo‘li ochiq) yopilgan. Ammo Mehrjon ko‘chasi orqali aylanib o‘tish uchun yo‘l tashkil qilingan.

Metropoliten yo‘nalishi qurilishi munosabati bilan 23 iyundan to qurilish ishlari yakunlanguncha qadar Elbek ko‘chasining Aviasozlar ko‘chasidan Alimkent ko‘chasigacha bo‘lgan qismi («Do‘stlik» metro bekati) yopilgan. Haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Alimkent ko‘chasi bo‘ylab avtotransportlarning ikki tomonlama harakati yo‘lga qo‘yildi.

Bunyodkor ko‘chasining Kichik xalqa yo‘li bilan kesishgan qismida kapital ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 25 iyundan Bunyodkor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan Qatortol 2-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transportlar harakati cheklanadi. Qatortol 2-tor ko‘chasi, Do‘mbirabod 4-tor ko‘chasi, Chilonzor ko‘chasi, Qatortol ko‘chasi va kichik halqa yo‘li orqali aylanib o‘tish yo‘llari tashkil qilingan.

Toshkent shahar IIBB yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring