Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti bitiruvchilari to‘liq ish bilan ta’minlandi

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti bitiruvchilari to‘liq ish bilan ta’minlandi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida 2017-2018-o‘quv yili bitiruvchilari bandligini ta’minlash maqsadida tarmoq tashkilotlari o‘rtasida ishga qabul qilish bo‘yicha o‘zaro mehnat shartnomalari imzolandi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar qildi.

Aytilishicha, bu yil institutni 21 ta bakalavr yo‘nalishi, 12 ta magistratura yo‘nalishi bo‘yicha jami 1083 nafar talaba o‘qishni tamomlaydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi tomonidan temir yo‘l korxona va tashkilotlarining yosh mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji atroflicha o‘rganib chiqilgan. Shundan kelib chiqqan holda bitiruvchilar ishga joylashtirildi.

— Ma’lumki, bugungi kunda tizim ko‘lami kengayib bormoqda, — deydi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Personallarni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Ollamov. – Xususan, «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati hamda «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasining tarmoq tasarrufiga o‘tishi bilan soha mutaxassislariga talab ortdi. Ushbu korxonalar ham bitiruvchilarni ish bilan ta’minladi.

Bitiruvchilar asosan «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona va tizim birliklariga ishga taqsimlanadi. Bundan tashqari, turli sanoat korxonalarida ham institut bitiruvchilariga ehtiyoj mavjud bo‘lib, «Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati hamda «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga ham yo‘llanmalar berildi.

Taqsimot komissiyasi tomonidan olib borilgan ishlar yakuniga ko‘ra, institutni 2017-2018-o‘quv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlar 100 foizi ish bilan ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring