Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati IIB rasmiy sayti ishga tushirildi

Toshkent viloyati IIB rasmiy sayti ishga tushirildi

Toshkent viloyati IIB rasmiy saytidan skrinshot.

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi o‘zining rasmiy saytini ishga tushirdi. Endi viloyat ichki ishlar organlari faoliyati, xodimlar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ushbu sayt orqali xabar berib boriladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sayt rus va o‘zbek tillarida ishlaydi. Saytda «So‘nggi yangiliklar», «Qidiruvdagi shaxslar», «Boshqarma haqida», «Matbuot xizmati», «Murojaat» kabi qator sahifalar tashkil etilgan, ammo ayni paytda ularning aksariyati ma’lumot bilan to‘ldirilmaganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, foydalanuvchi sayt orqali Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasiga onlayn murojaat yuborishi, vazirlikning ishonch telefonlari 102 va 1102ga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Shu tariqa bu sayt hududiy ichki ishlar boshqarmalari o‘rtasidagi ikkinchi internet resurs bo‘ldi. Bungacha 2017-yilning 11-may kuni Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi o‘zining rasmiy saytiga ega yagona hududiy ichki ishlar organi bo‘lib turgandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5-yanvar kuni Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vaziriga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini ishdan olish haqida topshiriq bergan edi. Shundan so‘ng polkovnik Saidkarim Nishonboyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 2018-yilning 17-yanvar kuniuning o‘rniga Ichki ishlar vazirligining Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan podpolkovnik Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich tayinlangan edi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring