Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati IIB TB: 2018 yilning birinchi choragida 1463 ta ish tergov qilindi

Toshkent viloyati IIB TB: 2018 yilning birinchi choragida 1463 ta ish tergov qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 2018-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan 2018 yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berildi.

Hisobot davrida 1294 ta jinoyat ishi yurituvga olindi. Jami tergov qilingan ishlar soni 1463 tani tashkil etdi. Tergov qilingan jinoyat ishlaridan 949 tasi, ya’ni 64,9 foizi tamomlandi. Shundan 724 ta jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan, 127 tasi tomonlarning yarashganligi munosabati bilan, 4 tasi amnistiya tartibda tegishli sud muhokamasiga yuborildi va 90 ta jinoyat ishi Jinoyat protsessual kodeksining 83 hamda 84-moddalari asosida tugatildi. Jinoyat natijasida keltirilgan zarardan 85 foizi dastlabki tergov davomida undirildi.

Tergov boshqarmasiga NR rusumli server o‘rnatilib, boshqarma va uning quyi tizimlarini bog‘lovchi yagona lokal tarmoq yaratildi. Barcha xodimlarni xizmat xonalariga jami 229 ta veb-kamera o‘rnatilib, har bir tergov harakatini videotasvirga olish va olingan videotasvir tushirilgan diskni jinoyati ishi hamda nazorat kuzatuv yig‘ma jildiga qo‘shib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi

Ichki ishlar vaziri general-mayor P.Bobojonovning 2017-yil 30-dekabrdagi 21/1153-sonli ko‘rsatmasiga asosan viloyatning Chirchiq shahar va Bo‘ka tuman IIB ekspert-kriminalistika guruhlarida kimyoviy laboratoriyalar tashkil etilib, ular ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha zamonaviy texnika jihozlari bilan ta’minlandi.

Yig‘ilish yakunida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentyabrdagi «Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish hamda fosh etish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq baholash mezonlari asosida yuqori reyting ko‘rsatgichlariga erishgan Chirchiq shahar, Bekobod va Parkent tuman ichki ishlar bo‘limlari huzuridagi Tergov bo‘limlari jamoasi hamda 48 nafar xodim esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring