Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi boshlig‘i ishdan olindi

Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi boshlig‘i ishdan olindi

Foto: «Xabar.uz»

Fuqarolar murojaatlaridan so‘ng, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga bir guruh fuqarolar yo‘llagan murojaatlardan so‘ng, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Vazirlikning Yuridik bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi faoliyati o‘rganilganda, haqiqatan ham, qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida tan olinmagan diplom bilan shaxslarni davlat sud eksperti sifatida ishga qabul qilish holati, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning noto‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, eng achinarlisi, umuman foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan tibbiy vositalardan foydalangan holda ekspertiza o‘tkazish va xulosa tuzish kabi bir qator qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Shu munosabat bilan, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi boshlig‘i M.Xaydarov belgilangan tartibda egallab turgan lavozimidan ozod etildi, to‘plangan materiallar esa aybdor shaxslarning javobgarligini hal etish uchun prokuratura idoralariga yuborildi.

«Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, tibbiyot xodimlari salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishontira olishi kerak. Bugungi kun shifokorining shiori ham, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi ham aynan xalq ishonchi va aholi roziligi bo‘lmog‘i lozim», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring