Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida radarga tushgan 62 ming haydovchining yarmidan ko‘pi jarimani to‘lamagan

Toshkent viloyatida radarga tushgan 62 ming haydovchining yarmidan ko‘pi jarimani to‘lamagan

Foto: «Gazeta.uz»

Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz» va «Toshkent — O‘sh» avtomobil yo‘llariga o‘rnatilgan yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnikalari shu yilning 16-fevralidan  7-may  kuniga qadar 62600 dan ortiq qoidabuzarlikni aniqladi.

Toshkent viloyati IIB xabariga ko‘ra, qoidabuzarlarning 28400 nafarigina belgilangan muddatlarda qonunda belgilangan tartibda jarimalarini o‘z vaqtida to‘lashgan. Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarimani vaqtida to‘lamagan haydovchilarga nisbatan maxsus tadbir o‘tkazmoqda. Ya’ni, oltmish kun ichida jarima to‘lamagan haydovchilarning avtomobillari jarimaga maydoniga qo‘yilyapti. Bugunga qadar ana shunday qarzdorlarning 530 dan ko‘proq avtomobili viloyat hududidagi jarima maydonlariga qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring