Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident: Toshkent viloyatini poytaxt bilan bog‘lovchi elektropoyezd loyihasi tezlashtiriladi

Prezident: Toshkent viloyatini poytaxt bilan bog‘lovchi elektropoyezd loyihasi tezlashtiriladi

Ayni paytda Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish hamda Toshkent viloyatini poytaxt bilan bog‘laydigan transport liniyasi loyihasini tezlatish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Toshkent viloyati aholsining farzandlari, nabiralari Toshkentda o‘qiydi. Ularning yo‘lini arzon, xavfsiz va qulay qilmasak bo‘lmaydi. Xalq o‘zgarishlarni sezishi kerak. Mahkamov (izoh — transport vaziri), 1 oy ichida tegishli qaror loyihasini olib kirasan. O‘zing tepasida turasan», - dedi davlat rahbari.

Shuningdek, aytilgan muammo va takliflardan kelib chiqib, davlat rahbari 840 ta mahallada ichki yo‘llar, 579 tasida ichimlik va oqova suv, 589 tasida elektr va gaz ta’minoti, 396 tasida maktab, bog‘cha va poliklinika ta’mirlash bo‘yicha ikki haftada dastur qabul qilib, bu boradagi ishlarni jadal boshlash vazifasini qo‘ydi. 

Jumladan:

  • Tashabbusli budjet doirasida eng ko‘p ovoz olgan loyihalar uchun 150 milliard so‘m ajratish;
  • Osiyo taraqqiyot bankining Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv loyihasining 185 million dollarlik 3-bosqichini boshlash;
  • ichki yo‘llarni ta’mirlashga davlat budjetidan 155 milliard so‘m, qo‘shimcha mahalliy budjetdan 70 milliard so‘m ajratish topshirildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring