Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro konferensiyasida «Tolibon» xizmatidan foydalanish taklif etildi

Toshkent xalqaro konferensiyasida «Tolibon» xizmatidan foydalanish taklif etildi

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzucida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi davom etmoqda.

Xalqaro konferensiyada Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Arkadiy Dubnov «Tolibon» xizmatidan foydalanish taklifini ilgari surdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

«Bugungi konferetsiyaga Rossiyadan bir guruh vakillar kelganmiz. Biz anjuman qanday natija beradi degan savol atrofida bahs munozaralar qilyapmiz. Bir guruh do‘stlarimiz Toshkentda o‘tayotgan bu anjuman sal vaqtliroq tashkil etildi, Afg‘oniston hali bunga tayyor emas demoqda.

Men esa ularga qarshi aytdimki, bunday harakatlar qachon natija berishini oldindan bilib bo‘lmaydi, lekin qaysi biridir albatta samara berishi shubhasiz. Barchamiz «Tolibon» harakatidan vakillar kelishini kutgan edik, lekin kelishmadi. Buni ham tabiiy hol sifatida qabul qilish kerak, chunki ularning harakatlari va yo‘nalishlari ko‘p. Eng muhimi, hal qiluvchi kuch kimda ekani hamon aniqlangani yo‘q.

Ko‘pchilikning xabari bor, Turkmaniston gazini Afg‘oniston orqali Hindistonga o‘tkazish borasidagi loyiha asosida quvurlar tarmog‘i barpo etilmoqda. Bunda «Tolibon» harakati vakillari trassani qo‘riqlashga jalb etilsa, o‘rtada kelishuvga erishilardi degan fikrdaman. Ular o‘zlarini manfaati uchun ham tinchlikni saqlashga va uni ta’minlashga majbur bo‘lardi.

Ayni vaqtda Afg‘onistondagi munosabatlar O‘zbekistonning diplomatik mahoratiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Agar o‘zaro manfaatli ana shunday yo‘l topilsa, ishonamanki konferensiya samarali va tarixiy bo‘ladi», — deya taklif bildirgan Arkadiy Dubnov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring