Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 10 mingta yangi ish o‘rni yaratadigan texnopark quriladi

Toshkentda 10 mingta yangi ish o‘rni yaratadigan texnopark quriladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Bugun, 17-sentabr kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev «Holley Group» kompaniyasi rahbari Chen Veydun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Bektemir tumanida zamonaviy texnopark bunyod etish loyihasi muhokama qilindi. Loyiha 200 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish hisobiga amalga oshirilib, texnopark hududida tekstil, farmatsevtika, mikroelektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, texnopark 10 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratishni ham ko‘zda tutadi.

«Holley Tashkent» 150 gektar maydonni o‘z ichiga olib, yillik ishlab chiqarish mahsuloti eksporti qariyb 2 milliard dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Holley group» kompaniyasi 1970-yilda Xanchjou (Xitoy) shahrida tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniyaning Shimoliy Amerika, Janubi-sharqiy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqalarida filiallari mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring