Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus piyodani, «Matiz» esa maktab o‘quvchisini urib yubordi

Toshkentda avtobus piyodani, «Matiz» esa maktab o‘quvchisini urib yubordi

Foto: «Asr.uz»

Toshkent shahar Shayhontohur tuman ichki ishlar boshqarmasi «102» tezkor raqamiga tushgan xabarga ko‘ra, Beltepa mavzesida haydovchi N.A. (1991-yilda tug‘ilgan) avtobusni boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.

1961-yilda tug‘ilgan piyoda Beltepa mavzesida yashovchi fuqaro bo‘lib, o‘ng boldir sohasi ochiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, shu kuni Yunusobod tuman ichki ishlar boshqarmasi «102» tezkor raqamiga ham «Matiz» haydovchisi (1992-yilda tug‘ilgan) 9-sinf o‘quvchisini urib yuborgani haqida xabar kelib tushdi. Jabrlanuvchi «BMYoJ, BMCh, o‘ng yelka suyagi sinishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur ikki holat yuzasidan surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring