Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayol kishini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi ushlandi

Toshkentda ayol kishini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Yo‘l transport hodisasi shu yilning 17-iyun kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani Katta Xirmontepa ko‘chasida soat taxminan 23:40da sodir bo‘lgan edi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, oq rangli «Spark» avtomashinasi haydovchisi 38 yoshli piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. YTH natijasida jabrlangan piyoda shifoxonaga yotqizilgan hamda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Voqea joyida piyodani og‘ir ahvolda qoldirib qochib ketgan haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan S.Sh. ekani aniqlanib, hozirda qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Uchtepa tumani IIOFMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring