Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda bankni o‘marmoqchi bo‘lgan ukrainaliklar ushlandi

Toshkentda bankni o‘marmoqchi bo‘lgan ukrainaliklar ushlandi

Foto: «ofb.uz»

Ukrainalik fuqarolar uyushgan jinoyatchilar hamda maxsus moslama yordamida «Orient Finance Bank»ni o‘marmoqchi bo‘lganida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushlandi, deb xabar bermoqda «UzNews.uz».

Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yil 26-fevral kuni «Moskva-Toshkent» aviareysi orqali Toshkentga tashrif buyurgan Ukraina davlati fuqarolari va vaqtinchalik Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani M-1da yashovchi Sh.V. va vaqtincha Mirzo Ulug‘bek tumani Bo‘zbozor ko‘chasida yashovchi B.V. uyushgan jinoyatchi bo‘lgan S.A.ning rejasi asosida A.Navoiy ko‘chasida joylashgan «Orient Finance Bank» Shayxontohur filialiga depozit qutisi ochish maqsadida kirishgan.

Ular shu bankda depozit qutisi ochish bahonasida 18 marotaba kirib, jinoyatni sodir etishlari uchun barcha narsalarni kuzatishgan. O‘zlariga tegishli bo‘lgan video kuzatuv moslamasi orqali esa qutilar soni va ularning qayerda, qanday joylashganini mukammal o‘rganishgan. Puxta tayyorgarlikdan so‘ng esa, Qirg‘iston Respublikasidan kirib kelgan qutilarni ochish maxsus moslamasi yordamida jinoiy harakatlarini sodir etishga kirishishgan.

O‘g‘rilar jinoyat sodir etayotgan vaqtlarida Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozir ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring