Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda doridan zaharlanish bo‘yicha bir necha holat kuzatildi

Toshkentda doridan zaharlanish bo‘yicha bir necha holat kuzatildi

Dozasini oshirib dori iste’mol qilish oqibatida organizmda allergik reaksiya berishi yoki qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatishi ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Shifokor bemorga dori buyurganda ana shularni e’tiborga oladi. Shuning uchun ham dorilarni vrachning qat’iy ko‘rsatmasi asosida ichish lozim. Dori vositalari haqidagi ko‘rsatmalarda shifokor tavsiyasiga ko‘ra ichish kerakligiga oid yozuvlar bo‘ladi.

2018-yil 7-may kuni soat 19:00 da 1996-yilda tug‘ilgan, samarqandlik, hozir Toshkent shahrida yashovchi R.M. boshi og‘riganligi sababli 3 dona «Analgin» tabletkasini ichib, doridan zaharlangani bois 16-ShKShning toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

9-may kuni soat 23:00 da sil kasalligi bilan ro‘yxatda turuvchi, 1977-yilda tug‘ilgan S.R. isitmasi chiqqani sababli 2 dona «Paratsetamol» tabletkasini ichib, salomatligi yomonlashganligi bois tez yordam chaqirtirgan. U zudlik bilan 16-ShKShning Toksikologiya bo‘limiga olib kelingan. Fuqaroga «doridan zaharlanish» tashxisi bilan ambulator yordami ko‘rsatilgan.

10-may kuni soat 22:00 da esa 1997-yilda tug‘ilgan oqtepalik N.G. kechasi uxlolmay 2 dona «Sonnat» tabletkasini ichib, 16-ShKShning Toksikalogiya bo‘limiga «doridan zaharlanish» tashxisi bilan olib borilgan va ambulator yordami ko‘rsatilgan.

14-may kuni soat 00:30 da 1995-yilda tug‘ilgan A.T. uxlolmaganligi sababli 2 dona «Sonnat» tabletkasini ichgan. Natijada sog‘ligi yomonlashgan va tez yordam mashinasida 16-ShKShning Toksikologiya bo‘limiga olib borilgan. Fuqaroga «doridan zaharlanish» tashxisi qo‘yilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring