Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda fohishalikda gumon qilingan 34 nafar ayol ushlandi

Toshkentda fohishalikda gumon qilingan 34 nafar ayol ushlandi

Foto: IIBB matbuot xizmati

Toshkentda 14-fevralga o‘tar kechasi o‘tkazilgan tadbirlar davomida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 34 nafar ayol ushlandi, deb xabar berdi IIBB matbuot xizmati.

Ularning 11 nafari Chilonzor va Uchtepa tumanlarida, Qatortol ko‘chasi «Shuhrat» chorrahasida va Al-Xorazmiy aylanasida qo‘lga tushgan. 9 nafar ayol Mirobod tumanidagi Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari kesishmasida ushlandi. «Qo‘yliq» bozori yaqinida 8 nafar, Yunusoboddagi Amir Temur ko‘chasida 6 nafar ayol qo‘lga olindi.

Ulardan 24 nafari oldin ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga («Fohishalik bilan shug‘ullanish») asosan jazoga tortilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring