Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda internetni boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda internetni boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda 15 va 16-may kunlari internetni boshqarish bo‘yicha IV Markaziy Osiyo forumini (CAIGF) tashkil etadi. Bu haqda AKT vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ushbu forumning asosiy mavzusi Markaziy Osiyoning imkoniyatlarini kengaytirishda internetni rivojlantirishga bag‘ishlanadi.

Forumning maqsadi – Markaziy Osiyo mamlakatlarida internetni boshqarish bo‘yicha siyosat masalalarini muhokama qilish borasida ochiq maydon tashkil etish va uni mustahkamlash, shuningdek, global raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda mintaqa mamlakatlarining ishtirokini kengaytirishdan iborat.

CAIGF Markaziy Osiyo mamlakatlarida internetni boshqarish borasidagi siyosat masalalarini muhokama qilish bo‘yicha ochiq maydon hisoblanib, har yili Markaziy Osiyo mamlakatlari, MDH va Yevropadan 200 dan ortiq internetni boshqarish sohasi, vazirliklar va aloqa ma’muriyatlari, huquq-tartibot organlari hamda kompaniyalar va tadqiqot markazlari mutaxassislarini birlashtiradi.

Forum doirasida ekspertlar hamjamiyati vakillari internetni boshqarish borasida global va milliy yondashuvlar, kiberxavfsizlik va o‘ta muhim infratuzilmalar muhofazasi, DNS sanoatini taraqqiy ettirish va raqamli infratuzilma sohasidagi tendensiyalarni muhokama qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring