Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda kollej o‘quvchisi kursdoshining telefonini o‘g‘irladi

Toshkentda kollej o‘quvchisi kursdoshining telefonini o‘g‘irladi

Foto: «Sputnik»

Shayxontohur tumanida 2018-yilning 24-yanvar kuni soat 17.30 da Toshkent qurilish va moliya kasb-hunar kolleji talabasi M.A.Q tanishi T.N.D.ga tegishli uyali aloqa vositasidan bir marotaba qo‘ng‘iroq qilishni aldab so‘ragan.

Uyali aloqa vositasining rusumi «Samsung G-1» bo‘lib, uning narxi 680 ming so‘m edi. So‘ng M.A.Q. go‘yoki kimgadir qo‘ng‘iroq qilganday bo‘lib, T.N.D. chalg‘iganidan foydalangan va uyali aloqa vositasini o‘zga shaxsga sotib yuborgan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring