Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ko‘p qavatli uyda ro‘y bergan yong‘indan 1-7-qavatlar zarar ko‘rdi

Toshkentda ko‘p qavatli uyda ro‘y bergan yong‘indan 1-7-qavatlar zarar ko‘rdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Bugun, 12-iyul kuni Mirobod tumani Oybek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqqani haqida xabar bergandik. Toshkent shahar IIBB ushbu hodisa haqida rasmiy ma’lumot berdi.

«Bugun soat 14.50da Mirobod tumani Oybek ko‘chasida joylashgan 9 qavatli uyning 1-qavatidagi go‘zallik salonida yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga 2ta o‘t o‘chirish mashinasi qisqa fursatda yetib bordi», deyiladi xabarda.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma’lum bo‘lishicha, «Bell clio» salonining soyabonida yong‘in kelib chiqqan bo‘lgan. Tezkor harakatlar natijasida soat 15.08da alanga jilovlanib, soat 15.09da butunlay bartaraf etilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Alanga oqibatida uyning 2-7-qavatlaridagi deraza romlari zarar ko‘rgan. O‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘inning avj olib ketish xavfi oldi olingan. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Bugun, shuningdek Toshkentning Yunusobod tumanidagi supermarketlarda ham yong‘in yuz bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring