Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Leksus» daraxtga urildi. Haydovchi vafot etdi

Toshkentda «Leksus» daraxtga urildi. Haydovchi vafot etdi

Foto: Facebook / Drivers.uz

Kecha, 13-fevral kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasida 1980-yilda tug‘ilgan haydovchi A.Sh.M. hushyor holatda «Leksus» avtomobilini haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi tan jarohatlari olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Voqea soat 19:35 lar atrofida sodir bo‘lgan, o‘sha vaqtda yo‘lning qatnov qismi tekis, asfalt qoplamasi qoniqarli, lekin ho‘l va sirpanchiq ahvolda edi. Yo‘l chiroqlari ham ishlayotgan bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring