Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Joriy yil Toshkentda 14 ta metro bekati ish boshlaydi

Joriy yil Toshkentda 14 ta metro bekati ish boshlaydi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hidoyatov joriy yilda Toshkent metropolitenining 14 ta yangi bekati foydalanishga topshirilishini ma’lum qildi, deb yozmoqda «Kun.uz».

Yunusobod tumanida qurilayotgan yerosti metrosining ikkita bekati ishga tushadi. Shuningdek, yerusti Yashnobod metro yo‘nalishi ham foydalanishga topshiriladi. Bu yo‘nalishda 12 ta bekat ishga tushadi. 

Hozirda Toshkent metropoliteni 9 balli zilzilaga bardosh beradi. Metropolitennning umumiy uzunligi 38,25 km, bekatlar soni 29 tadir.

Bundan tashqari, umumiy uzunligi 52,1 kmni tashkil etuvchi yerusti metro xalqa yo‘li (MXY) ham qurilmoqda. MXYda harakatlanishning o‘rtacha tezligi 60 km/s, umumiy liniyani bosib o‘tish uchun 1 soat-u 10 daqiqa talab etishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring