Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda YHXB inspektori ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi (video)

Toshkentda YHXB inspektori ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi (video)

Bugun, 28-aprel kuni tonggi soat 4:34da Yunusobod tumanining Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishgan chorrahada yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB xabar berdi.

X.O. boshqaruvidagi «VAZ-2107» va YHXB inspektori serjant X.M. boshqarib borayotgan «Lasetti» rusumli xizmat mashinasining o‘zaro to‘qnashib ketishi oqibatida har ikkala haydovchi, shuningdek, «Lasetti» yo‘lovchisi — YPX inspektori, safdor O.F. hamda «VAZ-2107» avtomobili yo‘lovchilari Ch.Sh. va G.O. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

«VAZ-2107» salonidagi yana ikki nafar yo‘lovchi — hozirda shaxsi aniqlanayotgan, taxminan 50-60 yoshlardagi erkak va ayol kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tahririyatimiz nomidan marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohat olganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring