Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yiliga 3 mln tonna yuk qabul qilish imkoniyatiga ega logistika markazi quriladi

Toshkentda yiliga 3 mln tonna yuk qabul qilish imkoniyatiga ega logistika markazi quriladi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»»

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda Latviyaning SIA «SV Gulbis» kompaniyasi rahbari Vyacheslav Novikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘ztemiryo‘lkonteyner» aksiyadorlik jamiyati hududida chet el investitsiyasi evaziga bunyod etilishi kutilayotgan zamonaviy logistika markazini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, uning umumiy maydoni 16 gektar bo‘lib, 20 ming kv.m konteyner terminali uchun ajratilgan. Bu yerda 25 ming kv.mda yopiq turdagi ombor, 14 ming kv.m.da yog‘och va metal mahsulotlarini saqlash uchun majmua quriladi. Shuningdek, hududda servis markazi, bojxona xizmati, omborlarni boshqarish tizimi, ma’muriyat binosi kabi inshootlar qad rostlaydi. Yangi tashkil etilayotgan logistika markazi yiliga 3 mln. tonna yuk qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

E’tiborlisi, bu yerda qo‘shimcha 350 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Yuk saroyida yuk avtomobillari uchun ham bir qator qulayliklar yaratilib, u erda Shvetsiya va Germaniya davlatlarining texnika va texnologiyalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Logistika markazida temir yo‘l vagonlarni saralash, ortish va tushirish ishlari, yuklarni saqlash, ro‘yhatdan o‘tkazish, markirovka xizmatlari ko‘rsatiladi. Markazni joriy yil so‘nggida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Uchrashuv so‘nggida SIA «SV Gulbis» kompaniyasi va «O‘ztemiryo‘lkonteyner» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida memorandum imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring