Toshkentda yirik yong‘in (video)
Bugun, 5-aprel kuni soat 18:56 atrofida Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Gulsaroy ko‘chasida (Qoraqamish 1/4) joylashgan mix ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqdi.
Toshkent shahar YoXBBdan saytimizga xabar berishlaricha, yong‘in haqida xabar kelib tushgach, avvaliga 4 ta, ortidan esa yana 4 ta yong‘inni o‘chirish guruhi yuborilgan. Soat 19:50 larda yong‘in o‘chirilgan.
Hozircha qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter