Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yong‘in. To‘rt kishi kuyish jarohati oldi, uch kishi qutqarildi

Toshkentda yong‘in. To‘rt kishi kuyish jarohati oldi, uch kishi qutqarildi

Foto: «iibb.uz»

2018-yil, 22-iyun kuni tahminan soat 19.51da Toshkent shahar IIBB YXBga Mirobod tumani Aliyev ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning ikkita xonadonida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi.

Foto: «iibb.uz»

Yong‘in 3-qavatdagi xonadonda kelib chiqqan va dastlabki taxminga ko‘ra, bunga gaz plitasida yog‘ qizdiralayotgan qozonning qarovsiz qoldirilgani sabab bo‘lgan. Olovni mustaqil o‘chirish vaqtida xonadonning 4 nafar a’zosi kuyish jarohatini olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Alanga yuqori qavatning balkoniga o‘tgan. Ushbu xonadondan 3 kishi o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qutqarib olingan.

Soat 20.13da tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring