Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Rohat chorrahasi yangi qiyofaga kiradi

Toshkentdagi Rohat chorrahasi yangi qiyofaga kiradi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligining tashabbusi bilan tirbandliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilib, keng ko‘lamdagi qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu ishlar natijasida Rohat chorrahasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar 3 kun ichida bartaraf etilib, 5 yo‘lakli aylanma yo‘l zamonaviy chorraha qiyofasiga keltiriladi.

Zamonaviy shaharsozlik, yo‘l qurilishi va yuqori sifatli texnologiyalar asosida barpo etilayotgan Rohat chorrahasida ish jarayoni qizg‘in tarzda olib borilmoqda. Yo‘l chetidagi beton to‘siqlar yangi zamon talablari darajasidagiga o‘zgartirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kunda Toshkent shahriga viloyatlardan 4 mingdan ortiq avtoulovlar kirib keladi hamda chiqadi. Poytaxtga eng ko‘p transport qatnovi Rohat aylanma yo‘li orqali amalga oshirilishi kuzatilgan.

Vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Toshkent shahar hokimligi shahar aholisi hamda mehmonlaridan uzr so‘raydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring